MAKTAB HAQIDA MA’LUMOT


Toshkent shahar Yunusobod tumani 150-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabi 1956 yili o`z faoliyatini boshlagan.  Maktab  720 nafar o`quvchiga mo`ljallangan.  Hozirgi kunda  915 nafar o`quvchi tahsil olmoqda.  Ta`lim muassasasida barcha fanlar zamon talablari asosida jihozlangan fan xonalarida o`qitiladi. Maktab pedagogika, metodika kengashlarida va metodbirlashma yig`ilishlarida o`quv-tarbiya jarayonining tahlili muntazam ravishda muhokama etiladi.

2017 yilda maktab kapital ta’mirdan chiqdi.Xonalar yorug’ va toza. Zamonaviy mebellar bilan jihozlangan.

Zamonaviy kompyuter sinflarida kompyuter saboqlarini o`rganib, turli sohalarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo`llash bo`yicha bilimlarni egallamoqdalar.  Maktabimizda 4 ta ingliz tili xonasi zamonaviy mebellar va o`quv ko`rgazmali stendlar bilan jihozlangan.  Fizika, kimyo, biologiya, ona tili, rus tili hamda boshlang`ich sinf xonalari zamonaviy mebellar, o`quv ko`rgazmali stendlar bilan jihozlangan. Maktabda darsliklar va turli badiiy, o`quv-metodik adabiyotlarga boy kutubxona muntazam ishlab  turibdi.

 Maktabimizga  keltirilgan  yangi  kompyuterlar  o`quvchilarga  yangi bilimlar  sari  yo`l ochmoqda.

 

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *